Vadim Abramov: Agar fol bo`lsa, o`yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin

“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng toshkentliklar ustozi Vadim Abramov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi o`yin ishqibozlarga juda yoqadigan tarzda o`tdi. Lekin murabbiylar uchun yurak hovuchlab ko`radigan bahs bo`ldi. “Navbahor” yana bir bor o`zining yaxshi jamoa ekanini namoyish eta oldi. Ushbu klub qiyin holatdan ikkinchi bo`limda osongina chiqib ketdi. Xatto yakunda g`alaba qozonishi ham mumkin edi. Lekin omad bugun bizga kulib boqdi. Penaltilar haqida aniq gap ayta olmayman, sababi o`yinni maydon chetida turib kuzatdim. Lekin agar chindan fol bo`lsa, bitta o`yin davomida 6 ta penalti belgilash ham mumkin. Jamoamiz yosh, futbolchilar bitta o`yin zo`r o`ynab, keyingisini u qadar yaxshi o`tkazmasligi mumkin. Futbolchilar tajriba to`plaguniga qadar barqaror o`yin namoyish etish biroz mushkul, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb