“Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan so`ng namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Muxlislarga yoqadigan o`yin guvohiga aylandik. Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. “Bunyodkor” jamoasini qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Birinchi bo`limdagi mazmunsiz o`yinimiz uchun stadionga tashrif buyurgan ishqibozlardan uzr so`rayman. Birinchi bo`limni ancha bo`sh tarzda o`tkazdik. Ikkinchi taymda esa ancha o`yinimiz qovusha boshladi. Ikkita gol kiritishning uddasidan chiqdik. Lekin uchinchisini ura olmadik. Endi kelasi o`yinga hozirlikni boshlaymiz. Keyingi o`yinda tarkibda jiddiy o`zgarishlar bo`ladi, - dedi murabbiy.