“Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirdi:
- Namoyish etgan o`yinimizdan to`liq qoniqdim, deya olmayman. Lekin bugun g`alabaga mos o`ynadik, desam xato bo`lmaydi. Uchrashuv ishqibozlarga manzur bo`ladigan – shiddatli ruhda o`tdi. “Metallurg”dek mahoratli va tajribali o`yinchilardan iborat jamoaga munosub qarshilik namoyish eta oldik. Lekin hali chempionatning asosiy qismi oldinda. Bugungi g`alabadan ortiqcha bo`shashib ketmasligimiz lozim. Bugun bizga ishonib, o`yin davomida tinmay qo`llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga esa minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.