“Dinamo” – “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi:
- Ushbu shaharda, bunday yaxshi holatdagi maydonda o`ynash juda ham yoqimli. Birinchi galda “Dinamo” jamoasini qo`lga kiritilgan g`alaba bilan tabriklayman. Ular bugun g`alabaga haqli tarzda ega chiqishdi. Zero futbolda xatolar aslo kechirilmaydi. Raqib esa bugun g`alabaga ishtiyoqi baland ekanini 95 daqiqa davomida namoyish eta oldi. Biz esa yaratilgan juda ko`plab qulay vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Bunday xatolarimiz esa raqibga qo`l keldi. Endi dushanba kunidan e`tiboran kelasi bahsga hozirlik ko`rishga kirishamiz, - dedi mutaxassis.