Shota Arveladze: O`yin tribunada o`tirgan ishqibozlarga manzur bo`ladigan ko`rinish oldi

“Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirdi: 

- O`yin tribunada o`tirgan ishqibozlarga juda manzur bo`ladigan ko`rinish oldi, deb o`ylayman. Muhimi – 3 ochko qo`lga kiritildi. Lekin shunday bo`lsa-da, hali futbolchilar bilan yaxshilab muhokama etib olishimiz lozim bo`lgan jihatlar etarli, fikrimcha. Ayniqsa, xuddi o`tgan galgi o`yindagidek birinchi goldan so`ng biroz hotirjamlikka berilyapmiz. “Nasaf” qarshi hujumda juda yaxshi o`yin ko`rsatdi. Darvozamizni ishg`ol etishni ham uddaladi. Lekin yakunda xarakter ko`rsata oldik va muhim 3 ochkoni qo`lga kiritdik, - dedi murabbiy. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb