Ro`ziqul Berdiev: Yosh futbolchilarimizga mardonavor o`yin uchun minnatdorchilik bildiraman

“Paxtakor” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirdi: 

- Men birinchi galda yosh futbolchilarimizga shunday gigant klubga qarshi bahsda mardonavor o`yin namoyish eta olishgani uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi bo`limda o`yinimiz u qadar qovushgani yo`q. Lekin ikkinchi bo`limda ancha yaxshi harakat qila oldik. Qolaversa, gol kiritishni uddaladik. Hisob durang paytida bizda juda ajoyib imkoniyat yuzaga kelgan edi. Balki o`sha vaziyatdan unumli foydalana olganimizda hisob umuman boshqacha ko`rinish olishi ham mumkin edi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb