Ushbu haftada Coca Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Bilasiz, Coca Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.
3-turning so`nggi bahsida “So`g`diyona” — “Surxon” qarama-qarshiligi kuzatiladi. Mazkur uchrashuvda jizzaxliklar oq futbolka, oq shorti va oq getrilarda maydonga chiqishadi. Termizliklar esa safar libosi sifatida taqdim etilgan to`liq yashil rangdagi libosda harakat qilishadi.
Ta`kidlab o`tamiz, “So`g`diyona” — “Surxon” uchrashuvi 7 aprel, yakshanba kuni soat 19:15da Jizzaxdagi “So`g`diyona” stadionida bo`lib o`tadi.