AGMK — “Qo`qon-1912” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Ushbu haftada CocaColaSuperligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Bilasiz, CocaCola  Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

3-tur doirasida AGMK o`z maydonida “Qo`qon-1912”ga qarshi bahs olib boradi. O`yinda olmaliqliklar oq-oq-oq rangli liboslarda harakat qilishadi. Qo`qonliklar esa to`liq ko`k rangdagi sport formalarida maydonga tushishadi. 

Ta`kidlash joiz, AGMK — “Qo`qon-1912” uchrashuvi 7 aprel, yakshanba kuni soat 17:15da Olmaliqda bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb