Ushbu haftada CocaColaSuperligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Bilasiz, CocaCola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.
3-turning qiziqarli o`tishi kutilayotgan uchrashuvlaridan birida “Buxoro” — “Qizilqum” qarama-qarshiligi kuzatiladi. Unda buxoroliklar an`anaviy to`liq ko`k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. Mehmonlar esa oq futbolka, qora shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Buxoro” — “Qizilqum” bahsi 7 aprel, yakshanba kuni soat 18:30da bo`lib o`tadi.