Ushbu haftada Coca Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Bilasiz, Coca Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.
Tur doirasida “Navbahor” “Bunyodkor”ga qarshi bahs yuritadi. Mazkur uchrashuvda namanganliklar to`liq qizil rangdagi sport liboslarida maydonga tushishadi. “Qaldirg`ochlar” esa oq-oq-oq rangdagi formada harakat qilishadi.
Ta`kidlab o`tamiz, “Navbahor” — “Bunyodkor” uchrashuvi Farg`onadagi “Istiqlol” stadionida 6 aprel, shanba kuni soat 17:00da bo`lib o`tadi.