“Dinamo” — “Metallurg” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Ushbu haftada Coca  Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Bilasiz, Coca  Cola   Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

3-tur doirasida “Dinamo” o`z maydonida “Metallurg” bilan bahs olib boradi. O`yinda samarqandliklar to`liq oq rangdagi sport formalarida maydonga tushishadi. “Metallurg” esa ko`k rangli libosda harakat qiladi. 

Ta`kidlab o`tamiz, “Dinamo” — “Metallurg uchrashuvi 6 aprel, shanba kuni “Dinamo” stadionida soat 16:30da bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb