“Paxtakor” — “Nasaf” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Ushbu haftada Coca  Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Bilasiz, Coca  Cola  Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

Yaqinlashib kelayotgan 3-turning qiziqarli o`tishi kutilayotgan qarama-qarshiliklaridan birida “Paxtakor” “Nasaf”ni qabul qiladi. Mazkur bahsda “sherlar” ko`k-sariq futbolka, ko`k shorti hamda ko`k getrilarda maydonga chiqishadi. “Ajdarlar” esa oq futbolka, qizil shorti va oq getrilarda harakat qilishadi. 

Ta`kidlash joiz, ushbu uchrashuv 5 aprel, juma kuni soat 18:00da “Paxtakor” stadionida bo`lib o`tadi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb