“Lokomotiv” – “Andijon” / Jamoalarning liboslari rangi ma`lum

Bilasiz, 4 aprel, payshanba kunidan e`tiboran CocaColaSuperligada 3-tur uchrashuvlari start oladi.

CocaCola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab berilmoqda. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

4 aprel kuni 3-turning ilk qarama-qarshiligi kuzatiladi. Unda “Lokomotiv” “Andijon”ga qarshi bahs olib boradi. Mazkur uchrashuvni “Loko” futbolchilari to`liq qizil rangdagi formada o`tkazishadi. “Burgutlar” jamoasi esa oq-oq-oq rangli sport liboslarida maydonda harakat qilishadi. 

Ta`kidlab o`tamiz, mazkur o`yin soat 18:00da “Lokomotiv” stadionida o`tkaziladi.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb