Ushbu haftada Coca Cola Superligada 3-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasidan o`rin olgan o`yinlarning boshlanish vaqtlari ma`lum bo`ldi.
Qayd etish joiz, mazkur tur doirasidagi “Andijon” — “Lokomotiv” o`yini aslida “Sog`lom avlod” stadionida bo`lib o`tishi lozim edi. Biroq ushbu stadionda tayyorgarlik ishlari hali davom etayotgani sabab mazkur bahs Andijonda emas, balki Toshkentda o`tkaziladigan bo`ldi. “Andijon” tomonidan berilgan taklifga “Lokomotiv” futbol klubi ijobiy javob qaytardi va yakunda o`yin 4 aprel, payshanba kuniga ko`chirildi.
5 aprel sanasida poytaxtda “Paxtakor” — “Nasaf” uchrashuvi ham bo`lib o`tishini inobatga olgan holda, “Lokomotiv” – “Andijon” o`yini bir kun avval bo`ladi.
3-TUR
4 aprel, payshanba
18:00 LOKOMOTIV — ANDIJON
5 aprel, juma
18:00 PAXTAKOR — NASAF
6 aprel, shanba
16:30 DINAMO — METALLURG
17:00 NAVBAHOR — BUNYoDKOR
7 aprel, yakshanba
18:30 BUXORO — QIZILQUM
17:15 AGMK — QO`QON-1912
19:15 SO`G`DIYoNA — SURXON