No``mon Hasanov: Bugun haqiqiy “jang” bo`ldi

Coca Cola Superligasi 2-tur doirasidagi “Qo`qon-1912” – “Andijon” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo`qon-1912” jamoasi ustozi No``mon Hasanov qatnashdi. 

- O`zingiz guvohi bo`lganingizdek, haqiqiy “jang” bo`ldi. Bugun shogirdlarimning o`yini qovushmagandek bo`ldi. Biz istagan futbol bunday emas.

Bugungi ochilish marosimini yuqori darajada tashkil etib bergan Farg`ona viloyat futbol assotsiatsiyasiga minnatdorchilik bildiraman. Har ikki jamoa ishqibozlariga stadionda ajoyib muxit yaratishgani uchun rahmat aytaman.

Yuqorida aytganimdek, bugun haqiqiy “jang” bo`ldi.  Jarohat olgan futbolchilar borasida aytadigan bo`lsam bu futbol, jarohatlar esa uning bir bo`lagidir. Hech qaysi futbolchi ataylab raqibini jarohatlash uchun o`ynamaydi. 

Javohir Sidiqovning o`rnini bosish oson emas. Lekin uning o`rnini bilintirmaslikka harakat qilamiz. Mavsum endi boshlanganini unutmaslik lozim. Hali hammasi oldinda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb