CocaCola Superligasi 2-tur doirasidagi “Qo`qon-1912” – “Andijon” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Andijon” jamoasi ustozi Ildar Sakaev ishtirok etdi.
- Bugungi o`yinda qayd etilgan durang natijani qoniqarli deb bilaman. Odatdagidek, bu safagi “Vodiy derbisi” ham shiddatli va keskin kurashlar ostida o`tdi. Muxlislar aynan shunday o`yin kutishgandi. Biz hamisha muxlislar uchun ishlaymiz, o`ynaymiz. O`yinning sifati a`lo darajada bo`ldi. Stadionga yig`ilgan muxlislar haqiqiy “jang” guvohiga aylanishdi. Raqibimiz kuchli ekanligini inkor etib bo`lmaydi. Jamoa yaxshi shakllangan. Shunga yarasha tayyorgarlik ko`rgandik. Lekin xatolar ustida ishlashni davom etamiz. “Qo`qon-1912” jamoasiga omad tilayman.Andijondan tashrif buyurgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.