Ro`ziqul Berdiev: “So`g`diyona” jamoasini yaxshi o`rgangan edik

“Nasaf” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Biz “So`g`diyona” jamoasini yaxshi o`rgangan edik. Ular qanday taktika asosida o`ynashini bilgan edik. Ular bugun asosan himoyaga tayangan holda o`yinni boshlashdi. Shu sababdan 5 nafar himoyachi bilan harakat qilishdi. Oldingi chiziqda qiynalshimizni sezgan edim. Lekin kiritilgan tezkor gol bizga qo`l keldi. Birinchi bo`limda asosan tashabbusga ega bo`ldik. Ikkinchi bo`limda ham yigitlar xarakter namoyish eta olishdi. Umid qilaman, bugun muxlislarimizni ham chiroyli g`alaba bilan xursand qila oldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb