Sergey Lushchan: Bugungi o`yinda yo`l qo`ygan xatolarimizdan to`g`ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz

“Nasaf” – “So`g`diyona” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Sergey Lushchan quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Birinchi galda “Nasaf” jamoasini ajoyib o`yin va chiroyli g`alaba bilan tabriklayman. Mag`lub bo`lish kishiga hech ham yoqmaydi, albatta. Ayniqsa, bunday yirik hisobda mag`lub bo`lish hafsalani pir qiladi. Bugungi o`yin uchun ishlab chiqqan rejalarimiz bugun bizga qo`l kelmadi. Hali chempionatning asosiy qismi oldinda. Bugungi o`yinda yo`l qo`ygan xatolarimizdan to`g`ri xulosa chiqarishga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb