Shota Arveladze: Stadionga ko`plab kela boshlagan ishqibozlar bizning joriy yildagi eng katta yutug`imizdir

“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirib o`tdi:  

- Tanaffusdan so`ng mana endi deyarli har 3-4 kunda o`yinlar o`tkazamiz. Bu bizga yaxshi sport formasiga kirib olish imkonini taqdim etadi. Shuningdek, bugun bizga qarshi bahs yuritgan “Bunyodkor” jamoasini maqtab o`tmoqchiman. Ushbu klub tarkibda ko`p sonli yoshlar bilan bizga yaxshigina qarshilik ko`rsata oldi. Odatda ushbu ikki klubning qarama-qarshiligi hamisha qiziqarli ruhda o`tib kelgan. Bugun ham jamoalar tomoshabop o`yin namoyish etishdi. Qolaversa, stadionga kelgan ishqibozlar ham o`yinga o`zgacha ko`rk berdi. Aytishim lozim, stadionga ko`plab kela boshlagan ishqibozlar bizning joriy yildagi eng katta yutug`imizdir. Umid qilamanki, ushbu holat mavsum bo`yi davom etadi, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb