Andrey Fyodorov: Oldinda bizni juda muhim va mas`uliyatli o`yinlar kutmoqda

“Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi uchrashuvda qayd etilgan natijadan juda ham mamnunman. 1-tur o`yinida uncha yaxshi chiqmagan jihatlarni bugungi bahsda yaxshi ijro eta oldik. Ikkinchi bo`limni ayniqsa, juda yaxshi o`tkazganimizni ta`kidlay olaman. Birinchi bo`limda esa o`zimizning pozitsion xatolarimiz evaziga o`yinimiz uncha qovushmadi. Lekin tanaffusda buni muhokama etib oldik va natijada ikkinchi bo`limni ma`romidagidek o`tkazdik. Eng asosiysi esa – raqib darvozasini ishg`ol etishning uddasidan chiqdik. Oldinda bizni juda muhim va mas`uliyatli o`yinlar kutmoqda. Bugun biz oldindagi uchrashuvlar oldidan yaxshi tadorik ko`rib oldik, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb