“Lokomotiv” – “Navbahor” uchrashuvidan so`ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Ikkinchi o`yindirki, darvozabonimiz qo`pol xatoga yo`l qo`ymoqda. Buni hali albatta muhokama etib olamiz. Mudofaa chizig`i ishonchli o`yin namoyish etsa, shundagina ko`ngil hotirjam bo`ladi. Bugun durang qayd etilganida yaxshiroq bo`lar edi. Mag`lub bo`lmaslik maqsadida ikkinchi bo`limda maydonga ikkinchi hujumchini ham tushirishimizga to`g`ri keldi. Lekin yakunda mag`lubiyatdan qutilib qolishni uddalay olmadik. Hayot to`xtab qolgani yo`q, endi kelgusi o`yinga hozirlik ko`rishni boshlaymiz. “Lokomotiv”ni esa g`alaba bilan tabriklayman, - dedi mutaxassis.