Andrey Miklyaev: Ilk g`alabani tantana qilganimizdan mamnunman

“Surxon” – “Dinamo” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugun printsipial ahamiyatga ega bo`lgan uchrashuvda maydonga tushdik va shukr, yakunda uni g`alaba bilan yakunlay oldik. Jamoamiz ilk g`alabasini qo`lga kiritdi. Umid qilamanki, bu g`alaba oxirgisi bo`lmaydi. To`g`ri, hali o`yinimizda ishlash va yaxshilash lozim bo`lgan jihatlar ko`p. Lekin bu haqda gapirib o`tirmoqchi emasman. Eng muhimi – biz bugun oldimizga qo`yilgan maqsadga eta oldik – 3 ochkoni qo`lga kiritdik, - dedi murabbiy.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb