Andrey Shipilov: O`yin oldidan raqibni yaxshi o`rgangan edik

“Metallurg” – “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirdi: 

- Mavsumdagi ilk uy uchrashuvi bo`lgani sabab bu o`yinning mas`uliyati o`zgacha edi. Qolaversa, ushbu raqibimiz ham o`ziga yarasha kuchli jamoa edi. Ular 1-turda ancha yaxshi o`yin namoyish etib, Olmaliqda raqibni o`z jarima maydonchasi yaqinida o`ynashga majbur qila olgan edi. Biz raqibni yaxshi o`rgangan holda, aynan mana shu jihat ustida ishlab, mazkur o`yinga hozirlik ko`rgan edik. “Buxoro” bugun ham o`yinni yaxshi boshladi. Biroq 33-daqiqaga kelib, biz raqibning nozik jihatini topa oldik va raqib darvozasini ishg`ol eta oldik. Lekin butun bahs davomida maydonda ancha shiddatli kurash kechganini ta`kidlay olaman. Bugun yomg`irli havo bo`lishiga qaramasdan stadionga tashrif buyurgan ishqibozlardan ham minnatdormiz, - dedi murabbiy.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb