“Qizilqum” – AGMK uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirdi:
- O`zbekiston kubogining amaldagi sohibi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan murabbiy boshqaruvidagi jamoaga qarshi bahs oldidan biroz hayajon bor edi. Mana 2-tur o`yinini o`tkazdik. Sekin-asta futbolchilar formaga kirib borishmoqda. Bugun g`alaba qilishimiz shart edi, buni uddalay oldik. G`alaba qozonganimizdan xursandmiz.
Smit Medina yosh bo`lsa-da ancha texnikasi yaxshi futbolchi. Bugun o`zidan yaxshi taassurot qoldira oldi. Ishonaman, u hali yanada yaxshi o`yin namoyish etadi, -dedi murabbiy.