“Qizilqum” – AGMK uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirdi:
- Bugun 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo`lsak-da, u qadar yomon o`ynamadik, deb o`ylayman. O`yinning ilk daqiqalaridan gol o`tkazib yuborgan bo`lsak-da, birinchi bo`limda bir qator imkoniyatlarga ega bo`ldik. Lekin ulardan unumli foydalana olmadik. Raqib esa xavfli vaziyatlarni samarali yakunlay oldi va yakunda g`alabaga erishdi. Ushbu g`alaba bilan “Qizilqum” jamoasini tabriklayman. Ular bugun 2-raqam ostida o`ynab ham, qarshi hujumlardan unumli foydalana olishdi, - dedi mutaxassis.