Ertaga futzal bo`yicha 2019 yilgi O`zbekiston chempionatiga qur`a tashlanadi

Xabaringiz bor, 12-14 mart kunlari poytaxtimizda futzal bo`yicha mamlakat XXIII milliy chempionati saralash bahslari o`tkazilgan edi. Bo`lib o`tgan o`yinlar yakunlariga ko`ra, “Maksam-Chirchiq” hamda Samarqandning “Dinamo” jamoalari yuqori divizion yo`llanmasiga ega chiqishgan.

Ertaga, 28 mart kuni soat 15:00da O`zPFL binosida futzal bo`yicha 2019 yilgi O`zbekiston chempionatiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi. Unda barcha ishtirokchi jamoalar – AGMK, “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Neftchi”, “So`g`diyona”, “Buxoro”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Maksam-Chirchiq” va “Dinamo” klublari vakillari ishtirok etadi.  

Ta`kidlash joiz, mamlakat XXIII chempionati 1-tur uchrashuvlari 1-6 aprel kunlari poytaxtimizdagi “O`zbekiston” sport majmuasida o`tkaziladi. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb