CocaCola Superliganing 2-turida siz-u bizni “Vodiy derbisi” kutib turibdi.
Unda “Qo`qon-1912” jamoasi “Andijon”ga qarshi bahs yuritadi.
Mazkur uchrashuvda qo`qonlik futbolchilar to`liq oq rangdagi sport formalarida maydonga tushishadi. Andijonliklar esa ko`k futbolka, ko`k shorti hamda ko`k getrilarda harakat qilishadi.
Ushbu o`yin 31 mart, yakshanba kuni bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv soat 19:15da boshlanadi.