Ushbu hafta so`nggida CocaCola Superligada 2-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.
Tur doirasidagi eng qiziqarli tarzda o`tishi taxmin qilinayotgan uchrashuvlardan birida “Poytaxt derbisi” kuzatiladi. Unda “Bunyodkor” “Paxtakor”ga qarshi bahs olib boradi.
Mazkur uchrashuvda “qaldirg`ochlar” ko`k-ko`k-ko`k rangdagi liboslarda maydonga chiqishadi. “Sherlar” esa oq futbolka, oq shorti hamda oq getrilarda harakat qilishadi.
Ta`kidlash joiz, “Bunyodkor” — “Paxtakor” o`yini 31 mart, yakshanba kuni bo`lib o`tadi. Uchrashuv soat 17:00da start oladi.