“Navbahor” yangi futbolchilari taqdimotini o`tkazdi

Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o`yingohda “Navbahor” PFKning 2019 yilgi mavsumda Coca  Cola  Superligasida jamoa sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi bo`lib o`tdi.

Unda Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitbaevich Bozarov ishtirok etdi va o`tgan yili jamoa 3-o`rinni egalalganligi, bu yaxshi natija bo`lganligi borasida to`xtaldi hamda bunda muxlislarning ham hissasi katta ekanligini ta`kidladi. 

Joriy mavsumda darvozabon O`tkir Yusupov - 1, yarim himoyachi Azimjon Ahmedov - 7, himoyachi G`iyos Komilov - 55, himoyachi Obid Jo`raboev - 15, yarim himoyachi Zafar To`raev - 90, hujumchi Aziz Ibragimov - 4, himoyachi Slavko Lukich - 5, hujumchi Aleksandr Kasyan - 11, yarim himoyachi Ivan Solovyov - 9, yarim himoyachi Abdujamol Isroilov 30, yarim himoyachi Shahzod Shaymanov - 8, hujumchi  Bahodir Nasimov - 14, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Abbos G`ulomov - 70 va himoyachi Hojiakbar Yunusov - 29 - raqamlarda to`p suradigan bo`lishdi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb