Coca Cola Superliga 2-turining markaziy uchrashuvi poytaxtimizdagi “Lokomotiv” stadionida kechadi.
Unda O`zbekistonning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” yurtimizning yana bir grand klubi – “Navbahor”ga qarshi bahs olib boradi.
Futbol jamoatchiligi va muxlislar diqqat markazida bo`lib turgan mazkur uchrashuvni “temiryo`lchilar” jamoasi to`liq qizil rangdagi liboslarda o`tkazishadi. “Lochinlar” jamoasi esa och ko`k rangli futbolka, oq shorti hamda och ko`k getrilarda maydonga tushishadi.
Mazkur o`yin 30 mart, shanba kuni soat 19:00da start oladi.