Barchani “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuviga taklif etamiz

29 mart, juma kunidan e`tiboran Coca Cola  Superligada 2-tur uchrashuvlariga start beriladi.

 2-tur doirasidan o`rin olgan qiziqarli o`tishi kutilayotgan qarama-qarshiliklardan biri Bekobodda bo`lib o`tadi. Unda “Metallurg” “Buxoro”ni qabul qiladi.

 Mazkur uchrashuvda “Metallurg” futbolchilari to`liq ko`k rangdagi sport formasida maydonga chiqishadi. Buxoroliklar esa oq-oq-oq rangli formada o`ynaydi.

 Uchrashuv Bekoboddagi stadionda yangi mavsumdagi ochilish o`yini bo`ladi. Shu boisdan “Metallurg” klubi mazkur o`yinni yuqori saviyada tashkil etish, o`yin kuni stadionga ko`p sonli muxlislar kelishini ta`minlash maqsadida bir qator tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Jumladan, o`yindan bir kun oldin stadion yonida ishqibozlar uchun bayram dasturxoni yoziladi. O`yin kuni esa stadionda soat 18:30dan boshlab estrada xonandalari ishtirokida kontsert dasturi ham tashkil etiladi. 

Ta`kidlab o`tamiz, Coca Cola Superliga 2-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvi 29 mart, juma kuni soat 20: 15da boshlanadi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb