A va B Pro-liga uchun 23 mart kuni qur`a tashlanadi

Oldinroq xabar berganimizdek, Professional futbol ligasi ayni paytda A va B Pro-ligalarida to`p suradigan jamoalarni saralab olmoqda.

Dastavval e`lon qilinganidek, “Mash`al”, “Neftchi”, “Sho`rtan”, “Istiqlol”, “Sherdor”, “Xorazm” klublari A Pro-ligada ishtirok etadi. Ular qatorida e`tirof etilgan “Orol” klubi esa A Pro-ligada emas, balki B Pro-ligada qatnashish niyatida ekanini ma`lum qildi. Nukusliklar bu borada PFLga rasmiy murojaat bilan chiqishdi. Ayni paytda davom etayotgan PFL kubogi-2019 musobaqasi g`olibi A Pro-liga yo`llanmasiga ega bo`ladi. A Pro-ligada bo`sh qolayotgan “Orol” jamoasining o`rni ham PFL kubogi-2019 finalchisi bilan to`ldiriladigan bo`ldi. Natijada musobaqa finaliga yo`l olgan “Oq-tepa” va “Iftixor” jamoalari A Pro-liga 2019da ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritishdi.  

Qayd etish joiz, 22 mart kuni PFL kubogida final uchrashuvi o`tkaziladi. 23 mart sanasiga esa A va B Pro-ligalari uchun qur`a tashlash marosimi rejalashtirilgan. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb