Amaldagi chempion “Lokomotiv” mukofot pullarini qabul qilib oldi

Bilasiz, 2018 yilgi mavsum avvalida Professional futbol ligasi sovrinli o`rinlarni egallagan futbol klublariga mukofot pullari va`da qilgan edi. 

Professional futbol ligasi klublar bo`ynidagi qarzdorlik masalalari hal bo`lishiga qarab, rag`batlantiruvchi mukofot pullarini o`tkazib borishni rejalashtirgan.

Natijada “Paxtakor”, “Navbahor”, “Sevinch” futbol klublari o`tgan mavsum yakunlari bo`yicha qo`lga kiritgan o`rinlari uchun mukofot pullarini qabul qilib olishdi.

Superliga-2018 yakunida mamlakat chempionligiga sazovor bo`lgan Toshkentning “Lokomotiv” klubi hisob raqamiga ham oltin medallar sohibiga va`da qilingan 1 milliard so`m mukofot puli o`tkazib berildi. 

Qayd etish joiz, O`zbekiston Professional futbol ligasi qolgan barcha klublarga ham va`da qilingan mukofot pullarini bosqichma-bosqich o`tkazib berish bo`yicha muzokaralar olib bormoqda.

mib
uzcard
cola
apex
bmb