Shota Arveladze: Uchrashuv ancha murakkab kechdi

“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Shota Arveladze quyidagicha fikr bildirdi:  

- Qur`a bizga ilk turdanoq mamlakatning amaldagi chempioniga qarshi o`yinni taqdim etdi. Bugungi o`yin ham xuddi oldingilari kabi ancha murakkab va qiyin tarzda kechdi. Uchrashuv tengkurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa ham raqibni o`rgangan holda biroz ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. Ikkinchi bo`limda esa biz tashabbusni qo`lga ola bildik. Yakunda esa haqli tarzda g`alabaga erishdik. G`alaba bilan barcha futbolchilarimizni tabriklayman. Mavsum endi boshlanmoqda. Endi e`tiborni kelgusi bahslarga qaratamiz, - dedi murabbiy. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb