“Paxtakor” – “Lokomotiv” uchrashuvidan so`ng “temiryo`lchilar” jamoasi ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- “Paxtakor” jamoasini g`alaba bilan tabriklayman. Lekin o`yin borasida aytganda biz 1:3 hisobidagi mag`lubiyatga loyiq emas edik. Ikkinchi taym boshida biroz sustlashdik va natijada 2 ta tezkor gol o`tkazib yubordik. Uyog`iga esa “Paxtakor” yopilib oldi va bizning gol kiritishimiz qiyinlashdi. Chempionatda endi birinchi o`yinni o`tkazdik. Hali oldinda uchrashuvlar ko`p. Xatolardan to`g`ri xulosa chiqargan holda, o`yin sifatini yaxshilashga harakat qilamiz, - dedi mutaxassis.