Joriy yilning 17-22 mart kunlari PFL kubogi musobaqasi bo`lib o`tadi.
Mazkur musobaqada B Pro-ligada qatnashishga asosiy nomzod klublar ishtirok etadi va ular A Pro-ligada ishtirok etish imkonini taqdim etuvchi yo`llanma uchun kurash olib borishadi.
PFL kubogi-2019 qatnashchilari:
- “Lokomotiv-BFK”
- “G`ijduvon”
- “Zomin”
- “Iftixor”
- “Oq-tepa”
- “Yangier”
- “Bunyodkor-2” (shartli)
- “Rubin” (shartli)
PFL kubogi-2019 uchun klublar vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan qur`a natijalariga ko`ra, juftliklar quyidagicha ko`rinish oldi:
17 mart
A) “Bunyodkor-2” – “G`ijduvon”
B) “Iftixor” – “Rubin”
C) “Yangier” – “Lokomotiv-BFK”
D) “Zomin” – “Oq-tepa”
Yarim final
19 mart
A g`olibi – B g`olibi
C g`olibi – D g`olibi
Final
22 mart
Ta`kidlash joiz, “Bunyodkor-2” hamda “Rubin” jamoalari musobaqada shartli ravishda qatnashishadi. Qolgan klublar ichidan musobaqa g`olibiga aylangan jamoa esa A Pro-ligada imtiyozli ravishda ishtirok etish imkoniyatini qo`lga kiritadi.