No``mon Hasanov: Derbilar har doim murosasiz ruhda o`tgan

Coca Cola  Superligasi 1-tur doirasidagi “Navbahor” – “Qo`qon-1912” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi No``mon Hasanov quyidagicha fikr bildirdi:  

- Avvalo barchani yangi mavsum boshlangani bilan tabriklayman. Guvohi bo`lganingizdek, bugun ishqibozlar shiddatli va keskin kurashlar ostida o`tgan o`yin ko`rishdi. “Derbilar” har doim shunday murosasiz tarzda o`tib kelgan. Bizga biroz engil bo`ldi, deyishim mumkin. Boisi, biz birinchi turni Namanganda o`tkazishimiz lozim edi. Biroq “derbi” betaraf maydonga bo`ldi. Bugungi durangdan qoniqish hosil qildim, shogirdlarim ko`rsatgan o`yindan xursandman. To`g`ri taktika va tarkib tanlaganimga amin bo`ldim. Bugun g`alaba qozonishimiz ham mumkin edi. Demak, biz to`g`ri yo`ldan ketyapmiz. Bu yil mavsum duranglar bilan boshlandi. Keyingi o`yinga qadar ancha vaqt bor. “Andijon”ga qarshi kechadigan uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko`ramiz, - dedi murabbiy.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb