Andrey Miklyaev: Hisobda oldinda bora turib, yakunda gol o`tkazib yuborish kishini hafa qiladi

“Surxon” — “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:   

- 1-tur o`yinini o`tkazdik. Yigitlarga qo`ldan kelgancha o`ynashgani uchun rahmat. G`alabani oxiriga qadar saqlab qola olmaganimiz yaxshi bo`lmadi. Hisobda oldinda bora turib, o`yin yakunida gol o`tkazib yuborish kishini hafa qiladi, albatta. Lekin na iloj. Kelasi o`yinlarda g`alaba qozonishga harakat qilamiz. Hali o`yinlarimiz ko`p, mavsum endigina boshlanmoqda, - dedi murabbiy. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb