“Surxon” — “Metallurg” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Andrey Shipilov quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Chempionat start oldi, 1-tur o`yini hamisha oson kechmaydi. Bugungi raqibimizning kuchli va kuchsiz tomonlarini yaxshi bilar edim. Lekin o`yin men o`ylagan reja asosida kechmadi. O`yin boshidanoq juda qo`pol xato tufayli gol o`tkazib yubordik. Hali uyga qaytgach ushbu xatoni albatta tahlil qilib chiqamiz. Birinchi bo`limda to`pga egalik qilishda ustun bo`ldik. Lekin gol kiritish nasib etmadi. Ikkinchi bo`limda esa o`yinimiz ancha o`zgardi. Men Abbos Otaxonovga milliy terma jamoadan o`rin olish uchun nafaqat orqada, balki oldingi chiziqda ham yaxshi o`ynay olish lozimligini ko`p aytaman. Bugun ushbu holat o`zini oqlaganidan xursandman, - dedi mutaxassis.