Baxtiyor Ashurmatov: Umid qilamanki, o`yindan o`yinga natijalarimiz yaxshilanib boradi

Coca  Cola  Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidan o`rin olgan AGMK — “Buxoro” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Mavsumning ilk o`yini bo`lgani sabab uchrashuv har ikki jamoa uchun ham murakkab ko`rinish oldi. Shunday bo`lsa ham yigitlar bugun munosib o`yin namoyish eta olishdi. Buning uchun ularga murabbiylar shtabi va jamoa rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, o`yindan o`yinga natijalarimiz yaxshilanib, o`yinlarimiz mazmunli ko`rinish olib boradi. AGMK bugunga qadar 2 ta xalqaro uchrashuv o`tkazishga ham ulgurgan edi. Shu sababdan bizga biroz qiyinroq bo`lganini ayta olaman, - dedi murabbiy.  

mib
uzcard
cola
apex
bmb