Ro`ziqul Berdiev: Natijadan qoniqish xosil qilmadim

Coca  Cola  Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasidagi “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mehmonlar ustozi Ro`ziqul Berdiev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- Hisobda oldinda bora turib, yakunda durang o`ynash jamoamizga xos emas. Shu sabab qayd etilgan natija bizni biroz ranjitdi. “Dinamo” jamoasi safida ikkinchi qavatda yaxshi o`ynaydigan futbolchilar ko`p ekanini bilar edik. Lekin himoyachilarimiz baribir biroz beparvo bo`lishdi va gol o`tkazib yubordik. O`yin so`nggiga qadar yana gol kiritishga urindik, biroq yakuniy nuqtani qo`yishni uddalay olmadik. “Dinamo” jamoasi ancha kuchli ishtiyoq bilan to`p surdi. Ular hisobga mos o`yin namoyish etishdi, haqli ravishda ochko qo`lga kiritishdi, - dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb