Coca Cola Superliga 1-tur uchrashuvlari doirasida “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvidan so`ng mezbonlar ustozi Davron Fayziev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:
- Barchani yangi mavsum starti bilan tabriklayman. Ikki yon qo`shni viloyat jamoalari o`rtasidagi o`yin chin ma`noda derbilarga xos tarzda o`tdi. Tan olish lozim, “Nasaf” ayni paytda o`yin davomida xavfli vaziyatlar yaratish bo`yicha “Paxtakor” bilan tenglashib turibdi. Shu sababdan o`yin yakkakurashlarga boy tarzda kechdi. Asosiysi muhim 1 ochko qo`lga kiritildi. Bunda 12-o`yinchimizga aylanib, bizni qo`llab-quvvatlab turgan muxlislarimizni ham xissasi katta. Biz mavsum davomida ularni xursand qilib borishga intilamiz, - dedi mutaxassis.