Coca Cola Superliga, 1-tur: “Qizilqum” — “Andijon” 1:1

Bugun Navoiyda CocaColaSuperliga yangi mavsumiga start berildi.

Navoiy shahrida “Qizilqum” klubi liga debyutanti “Andijon”ni qabul qildi va qiziqarli kechgan bahsda jamoalar durang o`ynashdi – 1:1. 

Avvaliga “Andijon” klubi 30-daqiqada Oybek Qilichevning jarima zarbasidan so`ng oldinga chiqib olgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda zaxiradan maydonga tushirilgan Sherali Jo`raev “Andijon” darvozasini ishg`ol qilib hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda ikkala jamoada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, ammo uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va shu tariqa yangi mavsum durang natija bilan start oldi

mib
uzcard
cola
apex
bmb