Coca Cola Superliga, 1-tur: “Qizilqum” — “Andijon” 1:1

Bugun Navoiyda Coca  Cola  Superliga yangi mavsumiga start berildi.

Navoiy shahrida “Qizilqum” klubi liga debyutanti “Andijon”ni qabul qildi va qiziqarli kechgan bahsda jamoalar durang o`ynashdi – 1:1.

Avvaliga “Andijon” klubi 30-daqiqada Oybek Qilichevning jarima zarbasidan so`ng oldinga chiqib olgan bo`lsa, ikkinchi bo`limda zaxiradan maydonga tushirilgan Sherali Jo`raev “Andijon” darvozasini ishg`ol qilib hisobni tenglashtirdi. Qolgan daqiqalarda ikkala jamoada ham qator vaziyatlar yuzaga keldi, ammo uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi va shu tariqa yangi mavsum durang natija bilan start oldi

 

Coca Cola Superliga

1-tur / 8 mart, juma

QIZILQUM — ANDIJON 1:1

Navoiy. “Yoshlar” sport majmuasi. 7853 tomoshabin.

Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Husniddin Shodmonov, Sanjar Shoyusupov, Komiljon Rasulov.

Nazoratchi: Ma`mur Saidqosimov.

Komissar: Bekzod Aripov.

Gollar: Oybek Qilichev, 30 (0:1). Sherali Jo`raev, 72 (1:1).

Qizilqum”: Evgeniy Cheremisin, Erkin Boydullaev, Murodbek Bobojonov, Alisher Sanoev, Fayzulla Qambarov, Salim Mustafoev, Eldor Boymatov (Mirjalol Qosimov, 62), Muhsinjon Ubaydullaev, Elguja Grigalashvili, Maqsud Karimov, Begzod G`anijonov (Sherali Jo`raev, 46).

Andijon”: Vitaliy Mirniy, Bobirjon Amanov, Oybek Qilichev, Shahzodbek Ubaydullaev (Sardor Sulaymonov, 57), Abdulloh Olimov, Ildar Mamatkazin, Ro`zimboy Ahmedov, Doniyor Ismoilov (Farhod Bekmuratov, 54), Asror Gafurov, Abror Husinov (Farhod Mirahmatov, 84), Bobirjon Akbarov. 

Ogohlantirishlar: Fayzulla Qambarov (28), Mirjalol Qosimov (85) – Ildar Mamatkazin (45+2), Oybek Qilichev (45+3), Farhod Bekmuratov (57), Bobirjon Amanov (64).  

mib
uzcard
cola
apex
bmb