Hamidjon Aktamov: Mavsum davomida ishqibozlarimizni chiroyli g`alabalar bilan xushnud etamiz

Coca  Cola  Superliga 1-turi doirasidan o`rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” bahsi 1:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvdan so`ng mezbonlar ustozi Hamidjon Aktamov quyidagicha fikr bildirib o`tdi: 

- Bugungi bayram bilan barchani muborakbod etaman. Bugun imkon qadar ishqibozlarimizni xursand etish uchun harakat qildik. O`yin so`nggida bizga biroz omad etishmadi. Mavsumdagi dastlabki o`yin, yigitlar shunday bo`lsa ham yomon o`ynashmadi. Ko`plab vaziyatlar yaratdik, ulardan foydalana olmadik. Raqib esa bitta xatodan gol urib ketdi. Mavsum endi boshlanmoqda. Hali ishqibozlarimizni chiroyli g`alabalar bilan xushnud etamiz, albatta, - dedi mutaxassis. 

mib
uzcard
cola
apex
bmb