Ildar Sakaev: Debyutant bo`lsak-da munosib o`yin ko`rsatishga intildik

Coca  ColaSuperliga 1-turi doirasidan o`rin olgan “Qizilqum” – “Andijon” bahsi 1:1 hisobida yakunlandi.

O`yindan so`ng “Burgutlar” jamoasi ustozi Ildar Sakaev quyidagicha fikr bildirib o`tdi:

- Barcha ayollarni bayram bilan chin dildan tabriklayman. Bugun bizda 2 ta ayyom: Zero bugundan yangi futbol mavsumi ham start oldi. Dastlabki o`yin ancha murosasiz ko`rinish olganini ta`kidlay olaman. Ha, to`g`ri – biz debyutantmiz. Lekin bugun muxlislarga yoqadigan tomoshabop o`yin ko`rsata oldik, deb o`ylayman. Yakunda durang qayd etidik. Har bir qo`lga kiritiladigan ochkoning qadri baland. 

“Qizilqum” ancha shakllangan jamoa. Ushbu raqibga qarshi munosib o`yin namoyish etishga urindik. Qo`ldan kelgancha yaxshi o`yin namoyish etishga uringan shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman, - dedi mutaxassis.

mib
uzcard
cola
apex
bmb