Coca Cola Superliga, 1-tur: 10 mart kuni jamoalar qanday rangdagi formada o`ynaydi?

Bilasiz, bugun futbol bo`yicha O`zbekiston Superligasining 2019 yilgi mavsumi start oladi.

Coca  Cola Superliga nomi ostida o`tadigan 2019 yilgi mavsumidan boshlab, har bir tur uchrashuvlarida jamoalarning qanday rangdagi libosda maydonga chiqishlari Professional futbol ligasi tomonidan belgilab beriladi. Bunda mezbon jamoaning o`z maydonida muxlislari qarshisida to`p surishi inobatga olinib, birinchi galda mezbon klubning asosiy rangidagi libosda harakat qilishi ahamiyat kasb etadi.

Shu boisdan har bir klub yangi mavsum uchun uy va safar liboslarini bir-biridan keskin farq qiladigan tarzda tanlashlariga urg`u berildi.

10 mart, yakshanba kuni 1-tur doirasidan o`rin olgan 3 ta qarama-qarshilik bo`lib o`tadi. “Surxon” o`z maydonida “Metallurg”ni qabul qiladi. Mazkur o`yinni termizlik futbolchilar to`liq oq rangdagi libosda o`tkazishadi. Bekobodliklar esa ko`k-ko`k-ko`k rangdagi formada maydonga chiqishadi.

Shuningdek, “Navbahor” “Qo`qon-1912” qarshiligini enggishga urinib ko`radi. Mazkur o`yinni namanganliklar qizil-qizil-qizil sport kiyimlarida o`tkazishadi. Qo`qon jamoasi vakillari esa oq futbolka, oq shorti va oq getrilarda harakat qilishadi.

Qolaversa, “So`g`diyona” uyda “Bunyodkor” bilan bahs olib boradi. Jizzax jamoasi a`zolari oq-oq-oq formalarda maydonga tushishsa, “qaldirg`ochlar” to`liq ko`k liboslarda o`ynashadi.

 

1-tur

10 mart, yakshanba

13:00 SURXON — METALLURG

15:00 NAVBAHOR — QO`QON-1912 

18:00 SO`G`DIYoNA — BUNYoDKOR 

mib
uzcard
cola
apex
bmb