Superliga klublari uchun transfer oynasi rasman yopildi

Xabaringiz bor, 2018 yilning 17 dekabr sanasidan e`tiboran Superliga klublari uchun transfer oynasi ochilgan edi.

Superliga klublarining yangi mavsum oldidan tarkibga qo`shib olgan o`yinchilarini Professional futbol ligasida ro`yxatdan o`tkazish jarayoni 7 mart kuni soat 23:59ga qadar davom etdi. 8 mart soat 00:00dan e`tiboran Superliga klublari uchun transfer oynasi rasman yopildi. Superliga ishtirokchilari sanaluvchi barcha 14 ta klub yangi mavsum uchun o`z rasmiylari, futbolchi va murabbiylarini PFLda ro`yxatdan o`tkazib bo`ldi. 

8 mart soat 00:00dan e`tiboran Professional futbol ligasi Musobaqalarni o`tkazish va klublarni nazorat qilish boshqarmasi Superliga klublari futbolchi va murabbiylarini ro`yxatdan o`tkazmaydi.

mib
uzcard
cola
apex
bmb