
Bilasiz, Superliga 1-tur uchrashuvlari ertadan start oladi.
1-tur doirasidan o`rin olgan o`yinlarni 2 nafar futbolchi o`tgan mavsumdagi diskvalifikatsiya sabab o`tkazib yuboradi. Bular – “Paxtakor” safiga ko`chib o`tgan Marat Bikmaev hamda o`tgan mavsumda “Metallurg” yoshlar tarkibi safida o`ynagan Xudoyshukur Sattorov.
Superliga-2018 mavsumi 31-tur uchrashuvlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirilgan edi. Natijada futbolchi 2 ta rasmiy o`yinga chetlatgan edi. Bikmaev Superliga-2018 32-turini o`tkazib yuborgandi. Futbolchi 2019 yilgi mavsum hisobidan ham dastlabki o`yinni o`tkazib yuboradi.
Qolaversa, Yoshlar birinchiligi-2018 32-turi doirasida “Buxoro” – “Metallurg” o`yinida tajovuzkor xatti-harakati sababli maydondan chetlatilgan va natijada 3 ta o`yinga diskvalifikatsiya qilingan “Metallurg” a`zosi Xudoyshukur Sattorov dastlabki 3 ta tur o`yinini o`tkazib yuboradi.