Coca Cola Superliga, 1-tur: Yakshanba kungi 2 ta o`yin 1 soat ertaroq boshlanadi

Yurtimizda yangi futbol mavsumi boshlanishiga ham borgan sayin kam muddat qolmoqda. 8-9-10 mart kunlari Coca  Cola Superligada 1-tur uchrashuvlari bo`lib o`tadi.

Bilasiz, Professional futbol ligasi maydoni ayni paytda uchrashuvlarni qabul qilishga tayyor bo`lmagan jamoalarga stadion tanlash huquqini taqdim etgan. Shu boisdan “Navbahor” — “Qo`qon-1912” uchrashuvi Toshkentdagi TTYMI stadionida bo`lib o`tadigan bo`ldi. “Qo`qon-1912” uy stadioni ham ayni damda yangi mavsumga to`liq tayyor emas. Namanganliklar shu boisdan o`z uy uchrashuvini Farg`onadagi “Istiqlol” stadionida o`tkazish niyatida edi. Yakunda “Navbahor” “Istiqlol” stadioni emas, balki TTYMI stadioni bilan kelisha oldi va natijada “lochinlar” ilk tur o`yinini Toshkentda o`tkazadigan bo`lishdi. 

TTYMI stadioni yoritish tizimi talablarga to`liq javob bermagani boisdan o`yin rejadagidan 1 soat oldinroq boshlanadi. Shuningdek, Termizdagi “Surxon” sport majmuasida bo`lib o`tadigan “Surxon” – “Metallurg” uchrashuvi ham Sport telekanali orqali namoyish etilishi rejalashtirilgani bois rejadagidan 1 soat ertaroq boshlanadi.

 

1-tur

10 mart, yakshanba

13:00 SURXON — METALLURG

15:00 NAVBAHOR — QO`QON-1912 

18:00 SO`G`DIYoNA — BUNYoDKOR

mib
uzcard
cola
apex
bmb